Ushbu turkum audio jamlanmada “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidi imom noibi Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid tomonidan, buyuk vatandoshimiz Abu Iyso Muhammad Termiziyning «Shamoilul-Muhammadiya» kitobi o'qib berildi. Asar, kitobni o'qib, tarjima qilib beruvchidan muallifgacha tutash sanad asosida taqdim etildi. Suhbatlarda muntazam qatnashgan kishilar ushbu asar bo'yicha sanadga
ega bo'ldilar.