Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Maʼlumingizkim, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari muborak Ramazon kunlarida «Ruhiy tarbiya» suhbatlari olib borganlar. Mazkur suhbatlarda «Ruhiy tarbiya» kitobiga oid mavzular boʻyicha maʼruzalar tinglangan. Eʼtiboringizga havola qilinayotgan audiotoʻplamga ushbu kitobning «Xulqlanish» deb nomlangan uchinchi juziga oid maʼruzalar kiritildi.
Mazkur suhbatlarda moʻmin-musulmon bandaga xos boʻlishi lozim boʻlgan maʼlum maqomotlarni roʻyobga chiqarish, musulmon shaxsiyatining tiklanishi hamda bu ulugʻ maqomga nomunosib boʻlgan sifatlardan poklanish haqida soʻz yuritiladi.