Listen

Description

Odamlar orasida keng tarqalgan “bo‘g‘imda tuz yig‘ilibdi” degan gap aslida mif ekanini. Aslida bu — bo‘g‘im suyuqligi kamayishi, meniskning yemirilishi, yallig‘lanish yoki artroz natijasida kelib chiqadigan og‘riq. Uzoq vaqt sovuqda ishlash, harakatsiz hayot tarzi, vitamin D yetishmovchiligi bo‘g‘im kasalliklarini kuchaytirishini aytadi. COVID’dan keyin ko‘plab odamlarda post-COVID artroz holatlari ko‘paygani haqida gapiradi. Odamlar ko‘p klinikaga borib, har xil tashxis olishdan charchashi mumkinligini, lekin eng muhimi — bitta ishonchli shifokor bilan tizimli ishlash ekanini ta’kidlaydi. Zamonaviy diagnostika orqali ko‘p bo‘g‘im kasalliklari davolasa bo‘ladigan darajada ekanini aytadi.