Uzbek(Ўзбек) - "Good News".3gp / Ўзбек - "Хорошие новости".3gp //
YUHANNO 1 - Kalom va Nur1. Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo bilan birga edi, Kalom Xudo edi.2. Azalda U Xudo bilan birga edi.3. Butun borliq Kalom orqali yaratilgan, Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.4. Kalom hayot manbai edi, Bu hayot insonlarning Nuri edi.5. Nur zulmatda porlaydi, Axir, zulmat Nurni yengolmadi.6. Xudo Yahyo ismli bir odamni yubordi.
7. Yahyo Nur haqida shahodat qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin.
8. Yahyoning oʻzi Nur emas edi, u faqat Nur haqida shahodat qilgani kelgandi.
9. Har bir odamni yoritadigan haqiqiy Nur dunyoga kelayotgan edi.10. Ha, Kalom dunyoda edi, Dunyo U orqali yaratilgandi, Biroq dunyo Uni tanimadi.11. U Oʻz yurtiga keldi, Lekin Oʻz xalqi Uni qabul qilmadi.12. Ammo Uni qabul qilganlarning hammasiga, Unga imon keltirganlarga, U Xudoning farzandi boʻlish huquqini berdi.13. Ular tana xohishidan emas, Er xohishidan ham emas, Tabiiy yoʻl bilan emas, Balki Xudodan tugʻilgan farzandlardir.14. Kalom inson boʻldi, Oramizda yashadi. U inoyat va haqiqatga toʻlgandi. Biz esa Uning ulugʻvorligini koʻrdik. Bu ulugʻvorlik Otadan kelgan yagona Oʻgʻilga mansub edi.15. Yahyo U haqda guvohlik berib, baland ovozda dedi: “Mening ketimdan kelayotgan Zot mendan ulugʻdir, chunki U mendan oldin mavjud boʻlgan, deb mana shu Kishi haqida aytgan edim.”16. Uning cheksiz inoyati tufayli Biz hammamiz baraka ustiga baraka oldik.17. Xudo qonunni Muso orqali berdi, Inoyat va haqiqatni esa U Iso Masih orqali koʻrsatdi.18. Hech kim hech qachon Xudoni koʻrgan emas, Samoviy Otaning bagʻridagi, Aslida Xudo boʻlgan yagona Oʻgʻil Uni bizga tanitdi. Yahyo choʻmdir