podcast
details
.com
Print
Share
Look for any podcast host, guest or anyone
Search
Showing episodes and shows of
Miami Choyxonasi
Shows
Miami Choyxonasi
14 Milliardlik SaaS Kompaniyasini Sarmoyasiz Yaratsa Bo’ladimi? | Tesladan Robot Taksilar
Uzoq tanaffusdan keyin, ushbu epizodimizda "Tesla" kompaniyasining yangi mahsulotlari, SMS/Email texnologiyalari, Mailchimp kompaniyasi va O'zbekistonda o'zgarishlar haqida suhbat olib borildi.#miami_choxonasi #Tesla #businessideas #podcast #cybercab #Tesla #electrocar
2024-11-01
1h 00
Miami Choyxonasi
O'zbekistonda dasturchilar yetishmovchiligi | ICT Week | AQSH portlaridagi muammolar
Ushbu videoda ICT Week ko'rgazmasi , metaldan qilinadigan metal kartalar va boshqa ko'plab qiziqarli mavzularda suhbat olib borildi. #businessideas #bussiness #miami_choyxonasi #podcast
2024-11-01
59 min
Miami Choyxonasi
Go Tili Hali Ham Dolzarbmi? | Dasturlash Tillarining Yaralishi
Ushbu videoda Go dasturlash tili haqida suhbat olib borildi #go #golang #programming #programminglanguages #podcast #miami_choyxonasi
2024-09-29
09 min
Miami Choyxonasi
"AI: Oddiy Rasm Orqasidagi Energiya Sarfi"
Ushbu videoda Su'niy intellekt va energiya o'rtasidagi bog'liqlik muhokama qilindi. #chatgpt #openai #google #energy #podcast #ai #miami_choyxonasi
2024-09-25
04 min
Miami Choyxonasi
Mashhurlarning Ijtimoiy Ma'sulyati | Joe Rogan Va Patrick Bet-David Suhbati
Ushbu videoda taniqli shaxslarni jamiyat oldidagi o'rni haqida suhbat olib borildi. #joerogan #patrickbetdavid #podcast #society #miami_choyxonasi
2024-09-25
11 min
Miami Choyxonasi
Kelajakni Kutib Oling: 2026-yilda Hayotimizga Kiradigan Humanoid Robotlar. | Tesladan Katta Qadam
Ushbu videoda 2026-yildan boshlab ishlab chiqariladigan "Humanoid Robotlar" haqida suhbat olib borildi. #humanoidrobot #Tesla #elonmusk #robot #podcast #miami_choyxonasi
2024-09-25
07 min
Miami Choyxonasi
Raqobat Kam Bo'lgan Noyob Biznes G'oya
Ushbu videoda bozorda raqobat kam bo'lgan biznes g'oya haqida suhbat olib borildi. #businessideas #fitness #podcast #startup #miami_choyxonasi
2024-09-24
08 min
Miami Choyxonasi
Sun`iy Intellekt va Inson ongi | Go tili | Qarishga oid Stanford universitetining yangi tadqiqoti
Ushbu episozodimizda quyidagi mavzularda suhbat olib borildi: Mavzular: - Qarishga oid so'nggi izlanishlar - Sun`iy Intellekt va Inson ongi - COSINE: kod tekshiruv platformasi - O`zbek Banklari eng ko`p ishlatiladigan dasturlash tili Go haqida - Tyler Denk va Email Newsletter - Qanday qilib bloggerlar o'z obunachilariga egalik qilishi mumkin? - Yang biznes g'oyalar#suniy_intellekt #miami_choxonasi #suniy_intellekt_yangiliklari #aging #emailnewsletter #bloggerlar
2024-08-31
1h 20
Miami Choyxonasi
TRAK HAYDOVCHILAR RAFIQALARIGA MOLIYAVIY MASLAHATLAR, AMAZONGA ISHGA KIRISH | SHOIRA SHAMSIEVA
Ushbu episozodimizda quyidagi mavzularda Shoira Shamsieva, 3ta farzand onasi, dasturchi, mentor, speaker va volontyor.bilan suhbat olib borildi: -Amazon kompaniyasi -Kelajak urchin jamg'arma -Logistika yo'nalishi, Trucklar#logistika #truckdriver #retirement #logistics #miami_choyxonasi
2024-08-23
34 min
Miami Choyxonasi
Sun'iy intellekt yaratgan 1 ta rasm 1 ta telefonga yetadigan energiya yeydi.
Ushbu episozodimizda quyidagi mavzularda suhbat olib borildi: - Mezbonlar o`zi kimlar? - Sun`iy Intellekt Junior ekspertlarning ishini olib qo`ymaydi, qaytaga ularga Senior bo`lib ishlashda yordam beradi - Huquqshunoslikka oid Biznes G`oya - Sun`iy Intellekt qancha energiya yeydi? - Llama, Gorq, Bandana kompaniyalari yangiliklari - Oyiga $2mln daromad ko`radigan 23 yoshlik O`zbek tadbirkor - Onlayn Ekspertlar uchun Biznes G`oya - Amerikada Erkaklar uchun Kosmetika Bozori Ko`tarilyapti -Biznesdagi "Qizil" va "Moviy" Okeanlar
2024-08-16
1h 31
Miami Choyxonasi
Humanoid Robotlar, Leonid Radvinsky Haqida, OIVga Qarshi Dori, Boylarning Ijtimoiy Majburiyatlari
Ushbu episozodimizda quyidagi mavzularda suhbat olib borildi: -OpenAI Search: Yangi Qidiruv Tizimlar -Googlening Kelajagi -Humanoid Robotlar va ularning kelajagi -Elektr moshina haydash an`anaviy moshinadan arzonroqmi? -Waymo o`zi yurar moshinalar -Leonid Radvinsky haqida va uning tajribasidan nima o`rgansa bo`ladi -Ilmiy Yangiliklar -Odam qanchalik boy bo'lsa, u shunchalik ko'p ijtimoiy mas'uliyat olashi kerakmi?
2024-08-07
1h 25
Miami Choyxonasi
Xalqaro Talabalarga Amerika Endi Green Card Berar Ekan
Ushbu epizodimizda biz quyidagi mavzularda suhbat olib bordik: - Telegramdagi clicker o‘yinlar - Quyosh energiya - Suv taqinchiligi - Ilm fan va astronomiya - Donald Trampning yangi siyosati - Qonuniy Immigrantlar green karta olishi mumkin
2024-07-01
1h 19
Miami Choyxonasi
Dollar Valyuta Raqobatida Yutqazdimi? | AQSh vs BRICS
Ushbu episozodimizda biz quyidagi mavzularda suhbat olib bordik: -Saraton kasali qanday boshlanadi? -Saraton kasalligini davolashdagi yangiliklar -Tesla o`zi yurar moshinalari havfsizmi? -Tesla moshinalari taksi qilib, egalariga pul ketirishni boshlashadi. -AQSh iqtisodiyoti yangiliklari -AQSh vs BRICS: kim yutadi? -AQSh Dollari kuchi tushib ketyapti.
2024-06-25
1h 21
Miami Choyxonasi
Immigrantlar Farzandlariga Nimalar O'rgatishi Kerak?
Bugun epizodimiz mehmonlari Malika va Rauf o`zlarining blogida Markaziy Osiyo Diasporasi haqida gapirishadi. Malika kontent yaratishga qanday kelganini, uning qiyinchilaklari va sirlari haqida gapirib berdilar. Suhbatimiz davomida Amerikadagi Markaziy Osiyo diasporalari haqida, hamda immigrantlar farzandlariga o`z madaniyatini qanday o`rgatish mumkinligi haqida gaplashdik!
2024-06-08
1h 16
Miami Choyxonasi
Amerikada Hayot Qimmatlashdi | Applening OpenAI bilan Sirli Hamkorligi
Ushbi epizodimizning birinchi qismida Makroiqtosiyodning ko`chmas mulk va ipotekaga ta`siri, Amerikada inflyatsiya sabablari va uning oqibatlari haqida gaplashdik. Ikkinchi qismimizda ChatGPTni o`zbekchada gapirtirdik. OpenAI (ChatGPT) yangiliklari, hamda OpenAI va Applening yangi hamkorligi haqida gaplashdik.
2024-06-02
1h 16
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlar - Oktabr 29, 2022
8-noyabrda AQSh Kongressi uchun oraliq saylovlar bo'lib o'tadi. Bu saylovning ahamiyati nimada? Saylov ortidan Bayden ma'muriyati ishida va AQSh ichki siyosatida nimalar o'zgarishi kutilyapti? Saylovda qaysi partiya g'olib chiqishi mumkin? Navbatdagi dasturimizda shu savollarni muhokama qildik.
2022-10-29
22 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShning nufuzli universitetlarida o'qiyotgan aka-singil - Oktabr 22, 2022
Nurmuhammad Muhammadiyev Jorjtaun universiteti talabasi. Uning singlisi Feruza Muhammadiyeva nufuzli Prinston universitetida o'qimoqda. Aka-singil O'zbekistonda maktabni bitiriboq xorijda o'qishga qaror qildi va dunyoning ko'plab mashhur o'quv yurtlaridan to'liq grant yutib olishga muvaffaq bo'lgan.
2022-10-22
33 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Afg'on zaminidagi bugungi hayot - Oktabr 15, 2022
Abdulmannon Keskinning ota-onasi 1930-yillarda sovet repressiyasidan omon qolish uchun Namangandan Afg'onistonga o'tgan. Afg'onistonda tug'ilgan suhbatdoshimiz 1980-yillardan beri okean ortida yashaydi. Suhbatimiz Tolibon davridagi xalq, xususan, o'zbeklar hayoti haqida bo'ldi.
2022-10-15
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: “Grin karta”ga hujjat topshirishdagi qo’pol xatolar - Oktabr 09, 2022
2022-10-09
45 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: tojik-qirg'iz mojarosi qachon barham topadi? - Oktabr 01, 2022
Sentabr oyi o'rtasida Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida yuz bergan navbatdagi qonli to'qnashuvlarda yuzdan ortiq odam halok bo'ldi, yana yuzlab kishi yaralandi. Har ikki tomon ixtilofda bir-birini ayblayapti. Tinchlikdan umid bormi? Jurnalist Ozod Mas'ul bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-10-01
19 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Ukrainada yadro urushi boshlanadimi? - Sentabr 24, 2022
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ommaviy harbiy safarbarlik e'lon qilib, Rossiya NATO bilan urushayotganini va mamlakatni mudofaa qilish uchun barcha choralar ishga solinishini ta'kidladi. Bu yadro urushi yaqinlashayotganini anglatadimi? Siyosatshunos Hamid Sodiq bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-09-24
36 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Xitoy Markaziy Osiyo uchun tahdidmi? - Sentabr 17, 2022
Samarqandda Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Tashkilot tarkibidagi Xitoy eng qudratli davlatlardan. Tahlilchilarga ko’ra, Xitoy Markaziy Osiyoni o’ziga qaram qilib olyapti. Mintaqa davlatlari uyg’urlar muammosiga ko’z yummoqda. Uyg’urlar masalasiga doir lavhamizni yana bir bor tomosha qiling.
2022-09-17
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibon hokimiyatni qanday egallagan edi? - Sentabr 10, 2022
Afg'onistonda Tolibon hukmronligi o'rnatilganiga bir yil to'ldi. Nega Afg'oniston armiyasi jangsiz taslim bo'ldi? Tolibonning tez g'alaba qozonishiga kimlar yordam berdi? Buning sabablari nimada? Afg'oniston Havo kuchlari razvedka xizmati sobiq ofitseri Zikrulloh Amirzoda bilan shu haqda gaplashdik.
2022-09-10
35 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: axborot urushi, ijtimoiy tarmoqlar va so'z erkinligi - Sentabr 03, 2022
Ijtimoiy tarmoqlar kuchli fuqarolik jamiyatini qurishga xizmat qiladimi yoki jamiyatni parokandalikka yetaklashi mumkinmi? Onlayn axborot maydoni bahs-munozaralar markaziga aylanib borar ekan, mutaxassislarni shu savol qiynamoqda. Ekspert To'lqin Umaraliev bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
2022-09-03
40 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: dindorlashayotgan jamiyat, tabu mavzular va ayollar isyoni - Avgust 27, 2022
O'zbekistonda ayollarga oid an'anaviy qarashlarni savol ostiga olayotgan faollar ko'paymoqda. Jamiyat dindorlashib borar ekan, ayolning o'rni qayerda degan savol ustida yangi ziddiyat va bahslar o'rtaga chiqmoqda. Jurnalist va ayol huquqlari faoli Dilbar Haydarova bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
2022-08-27
37 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: maymunchechak qanday kasallik? - Avgust 20, 2022
90 dan ortiq mamlakatda tarqalgan va tez ko'payib borayotgan maymunchechak qanday kasallik? Uning davosi bormi? Nega u, asosan, gomoseksual erkaklar orasida uchrayapti? Boshqalarga ham yuqishi mumkinmi? Kaliforniya universiteti professori, virusolog Sharof Tugizov bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-08-20
31 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Mehnat migrantlari va Ukraina urushi - Avgust 13, 2022
Rossiyada mehnat muhojirlarini harbiy xizmatga yollashga chaqiriqlar kuchaygani xabar qilinmoqda. Migrantlar bu da'vatga qanday javob bermoqda? Nima uchun aksariyat mehnat muhojirlari Ukraina urushida Rossiyani qo'llab-quvvatlamoqda? Huquqshunos Botirjon Shermuhammad bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-08-13
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Xitoy Tayvanni bosib oladimi? - Avgust 06, 2022
AQSh Kongressi Vakillar palatasi Spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi Xitoyni darg'azab qildi. Buning sababi nimada? Xitoy Tayvanga qo'shin tortishi mumkinmi? AQSh va Xitoy o'rtasida harbiy ixtilof yuz berishi ehtimoli qanchalik? "Vashington choyxonasi"da shu mavzularni muhokama qildik.
2022-08-06
26 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibon hukmronligining bir yilligi - Iyul 30, 2022
Avgust oyida Afg'onistonda Tolibon hukumatni egallaganiga bir yil to'ladi. Mamlakat uchun o'tgan bir yil qanday kechdi? Xalqaro hamjamiyat va Tolibon aloqalari qanday? Tolibon bergan va'dalarining ustidan chiqdimi? Dasturimizning navbatdagi sonida shu mavzularni muhokama qildik.
2022-07-30
28 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Markaziy Osiyo qachon birlashadi? - Iyul 23, 2022
Qirg'izistonda Markaziy Osiyo yetakchilari nima haqda gaplashdi? Ular borgan sari Rossiyadan uzoqlashyaptimi? Qoraqalpog'iston kelajakda yana boshog'riq bo'lishi mumkinmi? Siyosatshunos Anvar Nazir bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-07-23
35 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: koronavirus pandemiyasi nega tugamayapti? - Iyul 16, 2022
Aholi deyarli to’liq emlansa ham koronavirusning yangi variantlari, kasallikning yangi to’lqinlari chiqishda davom etyapti. Nega koronavirusni yo'q qilib bo'lmayapti? Odamzot endi doim shunday yashaydimi? Pandemiyani butunlay tugatish mumkinmi? Virusolog Sharof Tugizovga shu savollarni berdik.
2022-07-16
28 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShda yuk tashish biznesining kelajagi qanday? - Iyul 09, 2022
AQShda oxirgi 1-2 yilda yuk tashish biznesi gurkirab o'sdi. Shu sohada ishlayotgan ko'plab o'zbekistonliklar mo'may daromad topdi. Ammo oxirgi oylarda bu sohada ham ish susaygan. Yuk tashish biznesining kelajagi qanday? "HnD Trucking" kompaniyasi rahbari Suhrob Ismoilov bilan shu haqda gaplashdik.
2022-07-09
40 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: jurnalistlar uchun davlat mukofoti kerakmi? - Iyul 02, 2022
O'zbekistonda prezident qarori bilan jurnalistlarni yanada rag'batlantirish, ularga soliq imtiyozlari berish kabi qator choralar e'lon qilindi. Jurnalistikani rivojlantirish uchun shunday rag'batlar kerakmi? O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O'sarov bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-07-02
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Konstitutsiya islohotga muhtojmi? - Iyun 25, 2022
O’zbekiston Konstitutsiyasiga jiddiy o’zgarishlar kiritilishi kutilmoqda. Ular nimalardan iborat va bunga qanchalik zarurat bor? Bu o’zgarishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevga saylovda yana qatnashish huquqini beradimi? Jamoat faollari Sardor Salim va Xurshid Yo’ldoshev bilan shu haqda gaplashdik.
2022-06-25
46 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tramp javobgarlikka tortiladimi? - Iyun 18, 2022
AQSh Kongressi maxsus komissiyasi o’tgan yili 6-yanvarda yuz bergan qo’zg’olonni qayta taftish qilmoqda. Kapitoliyga qilingan hujum ortida sobiq prezident Donald Tramp turibdimi? Komissiya xulosasi asosida Tramp jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinmi? Shular haqida gaplashdik.
2022-06-18
29 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: talabalar uchun AQShda ishlash imkoniyati - Iyun 11, 2022
"Yozgi ish va sayohat" dasturi xalqaro talabalarga yozgi ta'til paytida AQShda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. O'zbekistonlik Gulmira Hotamova shu dastur asosida yaqinda AQShga kelgan. Bu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun nimalar qilish kerak? Gulmira bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-06-11
26 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShdagi vatandoshlar orasida jinoyatchilik - May 28, 2022
16-may kuni Nyu-Yorkdagi "Navro’z" oziq-ovqat do’konida ikki erkak orasida janjal chiqib, biri pichoqlangan. Pichoq urgan ham, jabr ko’rgan ham o’zbek ekani Amerikadagi vatandoshlarni larzaga keltirdi. Suhbatdoshimiz - Nyu-Yorkdagi o’zbekistonliklar jamiyati faoli Sanjar Babajanov.
2022-05-28
18 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Rossiya NATOga qarshi yangi alyans qurmoqchimi? - May 21, 2022
Moskvada o'tgan KXShT yig'inida alyansni kengaytirish haqida so'z bordi. Rossiyaning yaqin ittifoqchisi Belarusga ko'ra, yaqin yillarda KXShTga o'nlab davlatlar qo'shiladi. Rossiyaning maqsadi nima? O'zbekiston KXShTga qo'shiladimi? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
2022-05-21
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: urush, inflyatsiya va iqtisodiy inqiroz ehtimoli - May 14, 2022
Ukraina urushi hamada oziq-ovqat, energiya narxlarining oshayotgani dunyoni navbatdagi iqtisodiy inqirozga yetaklaydimi? Sanksiyalar Rossiyani qanchalik qashshoqlashtiradi? Bu O'zbekistonga qanday ta'sir qiladi? Iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan shu savollar atrofida suhbatlashdik.
2022-05-14
45 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Xitoy Markaziy Osiyo uchun tahdidmi? - May 07, 2022
Ukraina urushi Rossiyani zaiflashtirsa, Xitoyning Markaziy Osiyoga ta'siri kuchayishi mumkinmi? Xitoyning mintaqadagi asosiy manfaati va maqsadlari nimalardan iborat. Uyg'ur huquqlari faoli, tadqiqotchi Nijat Turg'un bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
2022-05-07
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: axborot urushi, propaganda va so’z erkinligi - Aprel 30, 2022
Ukraina urushi nafaqat maydonlarda, balki axborot olamida ham yuz bermoqda. Kreml urush so’zini tilga olgan mahalliy jurnalistlarni javobgarlikka tortmoqda. G’arb esa propaganda vaji bilan Rossiya davlat OAVlarini bloklab qo’ydi. Bu so’z erkinligining bo’g’ilishimi yoki vaziyat taqozosi?
2022-04-30
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibonning qudratga kelish sabablari - Aprel 23, 2022
O'tgan yili 300 ming kishilik yaxshi qurollangan Afg'oniston armiyasi sanoqli kunlar ichida poytaxt Kobulni Tolibonga boy berdi. Buning ortidagi asosiy sabablar nima edi? Afg’oniston sobiq hukumatining harbiy havo kuchlari vakili Zikrullah Amiriy bilan shu haqda gaplashdik.
2022-04-23
20 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Ukraina urushi haqida o'zbekistonliklar fikri qanday? - Aprel 16, 2022
O'zbekiston ommaviy axborot vositalari Ukraina urushini qanday yorityapti? Jamoatchilik orasida u qanday muhokama qilinyapti? Jurnalist va huquqshunos Zafarbek Solijonov fikricha, O'zbekiston OAVlari Kreml propagandasi oldida ojizlik qilmoqda. Buning sabablari nimada? Muloqotni tomosha qiling.
2022-04-16
24 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibon va xalqaro hamjamiyat - Aprel 09, 2022
Tolibon "Amerika Ovozi" va "BBC" dasturlarining Afg'onistonda efirga uzatilishini taqiqladi. Yuqori sinflarda o'quvchi qizlar hanuz maktabga bora olmayapti. Bu orada Tolibon hukumati xalqaro hamjamiyat e'tirofini qozonishga urinmoqda. Afg'onistonda yuz berayotgan so'nggi voqealarni tahlil qildik.
2022-04-09
23 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Turkiya - O'zbekiston aloqalari qay bosqichda? - Aprel 02, 2022
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi. Tomonlar nimalarni muhokama qildi? O'zaro aloqalarda qanday yangiliklar bor? Turkiyadagi o'zbekistonliklar jamiyati yetakchilaridan biri Ergash Jumayev bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-04-02
31 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Ukraina urushi O'zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantiradimi? - Mart 26, 2022
Urush tufayli ko'plab yuqori malakali mutaxassislar Rossiya va Ukrainani tark etmoqda. Ular ko'chishni mo'ljallayotgan mamlakatlardan biri bu - O'zbekiston. O'zbekiston ularni o'ziga jalb qila oladimi? Axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassis A'zamjon Nemadaliev bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-03-26
33 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Ukraina urushi, mehnat migrantlari va aviatsiya kelajagi - Mart 19, 2022
Ukrainadagi urush va sanksiyalar oqibatida o'g'ir yo'qotishlarga uchragan sohalardan biri bu - fuqarolik aviatsiyasi. Mamlakatlar iqtisodiyoti, xalqaro turizm va migratsiya uchun uning qanday oqibatlari bor? Xalqaro aviatsiya huquqi bo'yicha mutaxassis Rakhmad Sobirov bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-03-19
26 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Rossiyadagi migrantlar endi nima qilishi kerak? - Mart 12, 2022
Rossiyaga nisbatan qo'llangan xalqaro sanksiyalar bu mamlakatda ishlayotgan mehnat migrantlariga va O'zbekistonga qanday ta'sir qiladi? Mehnat muhojirlari endi nima qilishi kerak? Mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis, huquqshunos Botirjon Shermuhammad bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-03-12
32 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Turkiyadagi o'zbek ayollari muammolari - Mart 05, 2022
O'zbekiston xotin-qizlari erkaklar bilan bir xil huquq va erkinliklarga egami? Bu borada hukumat olib borayotgan ishlar yetarlimi? Xorijdagi o'zbek ayollarining haq-huquqlari qanchalik himoyalangan? Turkiyada yashovchi ayollar huquqlari faoli Feruza Izzat bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-03-05
29 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Rossiya-Ukraina urushi qancha davom etadi? - Fevral 26, 2022
Rossiya Ukrainaga bostirib kirish niyati yo'qligini qayta-qayta ta'kidlashi ortidan qo'shni yurtga nihoyat harbiy bosqin uyushtirdi. Urush qancha davom etadi? G'arb Rossiyaga qarshi qo'llagan sanksiyalar qanchalik samara beradi? Bu urushning O'zbekistonga ta'siri qanday? Shu haqda suhbatlashdik.
2022-02-26
51 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Ukrainada urush bo'ladimi? - Fevral 19, 2022
AQShga ko'ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga qaror bergan va urush bir necha kun ichida boshlanishi mumkin. Rossiya esa bu da'volarni rad etmoqda. Ukrainada urush bo'ladimi? Bu mintaqa va dunyo uchun qanday oqibatlarga olib keladi? Siyosatshunos Xurshid Habib bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-02-19
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: O'zbekiston millionta dasturchi yetishtira oladimi? - Fevral 12, 2022
O'zbekistonda axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassis tayyorlashga ixtisoslashgan markazlar ko'payib bormoqda. Bu sohada hozir qanday imkoniyatlar va muammolar bor? "Mohirdev" platformasi asoschisi Anvar Nazrulloh bilan shu haqda suhbatlashdik.
2022-02-12
32 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Afg'oniston o'zbeklari nimadan xavotirda? - Fevral 05, 2022
Afg'onistonda Tolibon hukmronligi ostida yashayotgan ko'p millionli o'zbek xalqining qanday xavotir va muammolari bor? Ularning til va madaniyatga oid haq-huquqlari qanchalik rioya qilinmoqda? Turkiyaning Istanbul shahrida yashayotgan afg'onistonlik faollar bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
2022-02-05
49 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: nega o'zbekistonliklar Turkiyaga ko'chmoqda? - Yanvar 29, 2022
O'qish va ishlash uchun Turkiyaga kelayotgan o'zbekistonliklar soni yildan yilga oshib bormoqda. Ular orasida Turkiyadan uy-joy sotib olib, doimiy yashash uchun kelayotganlar ham oz emas. Turkiyaning Bursa shahrida yashovchi o'zbekistonliklar bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
2022-01-29
34 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Qozog'iston voqealari O'zbekistonda takrorlanishi mumkinmi? - Yanvar 22, 2022
Qozog'istonda yuz bergan norozilik namoyishlarining O'zbekistonda takrorlanishi ehtimoli qanchalik? Bu voqealar so'nggi yillarda jadallashgan Markaziy Osiyo integratsiyasiga qanday ta'sir qiladi? Shu haqda siyosatshunos Alisher Hamidov bilan suhbatlashdik.
2022-01-22
22 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Nurulloh Muhammad Raufxon din, davlat, o'tmish va bugun haqida - Yanvar 15, 2022
Bugungi suhbatdoshimiz - "Bu kunlar" hujjatli romani muallifi, uzoq yillar "Hidoyat" diniy-ma'rifiy jurnalini boshqargan jurnalist va yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon. Adib bilan "Bu kunlar" romani, O'zbekistonning o'tgan kunlari va buguni hamda din va davlat munosabatlari haqida gaplashdik.
2022-01-15
1h 11
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Qozog'iston voqealari uyushtirilganmi? - Yanvar 08, 2022
Qozog'istondagi namoyishlar ortida kim turibdi? U xalq g'alayonimi yoki kimningdir siyosiy o'yini? Rossiya askarlarining mamlakatga kiritilgani mintaqa uchun nimani anglatadi? Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikrlari bilan tanishing.
2022-01-08
23 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: O'zbekistonning bir yillik sarhisobi - Yanvar 01, 2022
2021-yil O'zbekiston uchun qanday kechdi? Mamlakat ichki va tashqi siyosatida qanday muhim o'zgarishlar yuz berdi? Mirziyoyev prezidentligining birinchi muddatiga qanday baho berish mumkin? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida O'zbekistonning o'tgan bir yilini sarhisob qildik.
2022-01-01
33 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: 2021-yil AQSh uchun qanday kechdi? - Dekabr 25, 2021
2021-yil AQSh ichki va tashqi hayotida ko'plab katta voqealar yuz berdi: koronavirusga qarshi vaksinalar yaratildi; 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlari g'alayon ko'tardi. Tashqi siyosatda esa Afg'oniston urushining tugashi ulkan voqea bo'ldi. Shu va boshqa yilning muhim voqealarini tahlil qildik.
2021-12-25
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Xitoyga qarshi uyg'urlar kurashidagi muvaffaqiyatlar - Dekabr 18, 2021
AQSh Kongressi Vakillar palatasi uyg'urlar majburiy mehnatini to'xtatishga oid qonun qabul qildi. Bir guruh davlatlar, xususan, AQSh fevralda Xitoyda bo'ladigan qishki olimpiadani diplomatik boykot qilganini e'lon qildi. Uyg'urlarning Xitoy zulmiga qarshi siyosiy kurashi o'z natijasini beryaptimi?
2021-12-18
33 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Qirg'izistonda o'tgan bir yil tahlili - Dekabr 11, 2021
Sadir Japarov Qirg'izistonda hokimiyat tepasiga kelganiga bir yil to'ldi. O'tgan vaqt ichida nimalar yuz berdi? Qirg'iziston qaysi yo'ldan ketmoqda? Mamlakatda yana avtoritar rejim yuzaga kelmoqdami? Qirg'izistonlik jurnalist Davron Hotam bilan shu haqda suhbatlashdik.
2021-12-11
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Demokratiya sammiti - Dekabr 04, 2021
9-10-dekabr kunlari AQSh global Demokratiya sammitiga mezbonlik qiladi. Anjumandan ko'zlangan maqsadlar nima? Unda kimlar qatnashyapti va kimlar taklif etilmagan? Vashington demokratiya targ'iboti va inson huquqlari himoyasi bo'yicha yana dunyo yetakchiligiga qaytmoqdami? Shu haqda muloqot qildik.
2021-12-04
27 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShda ko'chmas mulk bozori, bir million dollarlik uyga sayohat - Noyabr 27, 2021
Pandemiya boshlangandan beri AQShda uy-joylarning narxi oshdi. Yangi muhojirlar qachon uy olish haqida o'ylashni boshlashi kerak? Uy olishda nimalarga e'tibor berish lozim? Amerikadagi uylarning narxi qancha? Rieltor Adelya Almetova bilan shu haqda suhbatlashdik.
2021-11-27
38 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: O'zbekiston oliy ta'limi muammolari - Noyabr 20, 2021
O'tgan besh yil ichida O'zbekiston oliy ta'lim tizimida nimalar o'zgardi va nimalar o'zgarmadi? Ta'lim muassasalariga oid muhim qarorlarni qabul qilishda talabalar fikri va ishtiroki qanchalik hisobga olinadi? Jorj Vashington universiteti tadqiqotchisi Furqat Sharipov bilan shu haqda suhbatlashdik.
2021-11-20
34 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQSh nega infratuzilmaga trillionlab dollar sarflamoqda? - Noyabr 14, 2021
AQSh Kongressi 1,2 trillion dollarlik infratuzilma qonunini qabul qildi. 1,75 trillion dollarlik yana bir gumanitar infratuzilma loyihasi qabul qilinishi kutilyapti. AQSh buncha pulni qayerdan oladi? Yaqin va uzoq kelajakda Vashington nimalarni ko'zlamoqda? Shu haqda suhbatlashdik.
2021-11-13
32 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShning 9 ta universitetiga qabul qilingan talaba bilan suhbat - Noyabr 06, 2021
Davron Muslimov Jorj Vashington universitetining nufuzli Huquqshunoslik maktabida magistratura darajasida o'qimoqda. U yana 8 ta AQSh universitetiga qabul qilingan. Davron nega bu universitetni tanladi? AQShda o'qish va grant yutib olish uchun nimalar qilish kerak? Suhbatimiz shu haqda bo'ldi.
2021-11-06
29 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Mirziyoyev prezidentligining so'nggi muddati - Oktabr 30, 2021
Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston prezidenti etib qayta saylandi. Mamlakat Konstitutsiyasiga ko'ra, bu uning ikkinchi, ya'ni so'nggi muddati. Mirziyoyev besh yildan keyin hokimiyatdan ketadimi? Mamlakatdagi siyosiy o'zgarishlar haqida siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov fikrlari bilan tanishing.
2021-10-30
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: saylov, grin karta va ikki fuqarolik haqida - Oktabr 23, 2021
AQShdagi o'zbekistonliklar muddatdan oldin prezidentlik saylovida ovoz berdi. "Grin karta" dasturi uchun qabul davom etmoqda. Ikki fuqarolk bo'yicha so'nggi bahs va muhokamalar. AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyati faoli, huquqshunos Dilshod Zokirov bilan shu haqda suhbatlashdik.
2021-10-23
41 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibon hukmronligi ostidagi hayot - Oktabr 16, 2021
Afg'oniston xalqi Tolibon hukmronligi ostida qanday yashayapti? "Amerika Ovozi" muxbiri Abdulbasir Ilg'or guruh nazoratidagi hududda bir oydan ortiq yashab, so'ng mamlakatni tark etdi. U bilan toliblar hukmronligining ilk kunlari, Afg'onistondan qanday chiqqani tafsilotlari haqida suhbatlashdik.
2021-10-16
35 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: saylov va so'z erkinligi - Oktabr 09, 2021
24-oktabr - O'zbekistonda prezidentlik saylovi. Unda Shavkat Mirziyoyev qayta saylanishi kutilyapti. Saylov kampaniyalarida o'ziga xoslik bormi? U avvalgi saylovlardan nimasi bilan farq qiladi? Ommaviy axborot vositalari jarayonni qanday yorityapti? Ekspert Gulnoza Said bilan shu haqda gaplashdik.
2021-10-09
19 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibon Markaziy Osiyo uchun tahdidmi? - Oktabr 02, 2021
O'zbekiston Tolibon bilan hamkorlik qilish yo'lini tanladi. Tojikiston esa guruhni keskin tanqid qilib, Afg'oniston yana terrorchilar makoniga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Kimning yo'li to'g'ri? Tolibon Markaziy Osiyo uchun tahdidmi? Tahlilchi Umida Hoshimova bilan shu haqda gaplashdik.
2021-10-02
21 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: boylarga qarashli jurnalistika, prezidentlik saylovi va keyingi besh yillik haqida - Sentabr 25, 2021
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida "Rost24.uz" sayti muharriri Anora Sodiqova bilan O'zbekistonda kutilayotgan prezidentlik saylovi, ommaviy axborot vositalarining moliyalanish manbalari hamda "Yangi O'zbekiston"ning keyingi besh yili haqida suhbatlashdik.
2021-09-25
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Chikagodagi o'zbeklar jamiyatining orzu va armonlari - Sentabr 18, 2021
Chikagodagi o'zbeklar qanday orzu va armonlar bilan yashamoqda? Ularni eng ko'p tashvishlantiradigan masalalar nima va bunga ular qanday tayyorlanmoqda? Chikagoga safarimiz davomida qilingan suhbatni e'tiboringizga havola qilamiz.
2021-09-18
53 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShda yuk tashish biznesini boshlagan vatandosh - Sentabr 11, 2021
Akmaljon Jumaboev asos solgan "UMT Global Logistics" kompaniyasi ixtiyorida 150 ga yaqin yuk mashinasi bor. O'zbekistondagi dispetcherlik markazida esa yuzdan ortiq yoshni ish bilan ta'minlagan. AQShda yuk tashish biznesini qanday boshlash mumkin? Akmaljon Jumaboev bilan shu haqda suhbatlashdik.
2021-09-11
41 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShda o'qish va ishlash bo'yicha maslahatlar - Sentabr 04, 2021
Suhbatdoshimiz - AQShda o'qigan va hozir Chikagoda faoliyat yuritayotgan Po'lat Tillaboev. U to'liq grant asosida o'qimagan. Oilasini ham talabaligida birga olib ketgan. U bularni qanday uddaladi? AQShda o'qish va yashashning moddiy tomonlarini qanday epladi? Bugungi suhbatimiz shular haqida.
2021-09-04
43 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShdagi vatandoshlar va vatan - Avgust 28, 2021
Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni yanada yaxshilash maqsadida "Vatandosh" jamoat fondi tashkil etildi. AQShdagi o'zbekistonliklar undan nimalarni kutyapti? Xorijdagi vatandoshlarning qanday muammo va orzu-umidlari bor? O'zbekiston bu masalada qanday yordam bera oladi? Shu haqda gaplashdik.
2021-08-28
27 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibonning orqasida kim turibdi? - Avgust 21, 2021
20 yillik urush ortidan Afg'onistonda yana Tolibon hukmronligi boshlanishi kutilyapti. Bu guruh ortida kimlar turibdi? Uning tez g'alaba qozonishi sabablari nimada? Tolibondan O'zbekiston uchun qanday tahdidlar bor? Indiana universitti professori Nazif Shahroniy bilan shu haqda suhbatlashdik.
2021-08-21
33 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tolibon nega tez g'alaba qozonyapti? - Avgust 14, 2021
Bir hafta ichida Tolibon Afg'onistonning 18 ta viloyati markazini bosib oldi. Kobuldagi hukumat ham qulashi mumkinligi haqida taxminlar bor. AQSh 20 yil kurash olib borgan guruh nega hanuz qudratli? Asli afg'onistonlik, hozir AQShda istiqomat qiluvchi Abdulmannon Keskin bilan shu haqda gaplashdik.
2021-08-14
41 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: axborot texnologiyalarini qanday kelajak kutmoqda? - Avgust 07, 2021
Koronavirus pandemiyasi internet texnologiyalariga o'tish jarayonini tezlashtirdimi? Bu sohada o'qish va ishlash istiqbollari qanday? "DuoTech Academy" asoschisi, AQShda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik Akmalbek Tursunov bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
2021-08-07
32 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tokio olimpiadasi qanday o'tyapti? - Avgust 01, 2021
Ayni kunlarda Tokio bir yil kechikkan yozgi olimpiadaga mezbonlik qilmoqda. Pandemiya sharoitida musobaqalar qanday o'tyapti? U bilan bog'liq qanday o'ziga xos yangiliklar bor? Navbatdagi dasturimizda shu mavzuni tahlil qildik.
2021-07-31
35 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: O'zbekistonga safar taassurotlari - Iyul 03, 2021
O'zbekiston koronavirus pandemiyasini qanday o'tkazmoqda? Pandemiya davrida safar qilishning qanday o'ziga xos jihatlari bor. Yaqinda O'zbekistonga safar qilgan hamkasbimiz, "Vashington choyxonasi" boshlovchisi Behzod Muhammadiy bilan shu haqda suhbatlashdik.
2021-07-03
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tramp taqdiri Senat qo'lida - Fevral 13, 2021
Sobiq prezident Donald Tramp ustidan impichment masalasi AQSh Senatida ko'rib chiqilmoqda. Jarayon qanday kechmoqda? Agar Tramp aybdor deb topilsa, bu qanday oqibatlarga olib keladi? Tramp ayni paytda nimalar bilan band? "Vashington choyxonasi"da shu haqda suhbatlashdik.
2021-02-13
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: dunyoda so'z erkinligi qay ahvolda? - Aprel 25, 2020
3-may - Jahon matbuot erkinligi kuni. Bugun dunyoda so'z erkinligi qay ahvolda? O'zbekistonda bu borada vaziyat yaxshilandimi? Markaziy Osiyodachi? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik.
2020-04-25
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Dunyo koronavirus bilan qanday kurashmoqda? - Aprel 05, 2020
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida dunyoning turli nuqtalarida uydan turib ishlayotgan "Amerika Ovozi" muxbirlari bilan bog'landik. Ular yashab turgan hududlarda aholi qanday kun kechirmoqda? O'zbekistonliklarning ahvoli qanday? Shu savollar atrofida muloqot qilamiz.
2020-04-04
34 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: koronavirus va global iqtisodiyot - Mart 01, 2020
Koronavirus global iqtisodiyotga qanday ta'sir o'tkazmoqda? Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar undan qancha zarar ko'rmoqda? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik.
2020-02-29
24 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShda o'qish bo'yicha savol-javob - Fevral 23, 2020
AQShda ta'lim olish bo'yicha bizga ko'p savollar keladi. Ularning eng muhimlarini tanlab olib, "Vashington choyxonasi"da ularga javob berishga harakat qildik.
2020-02-22
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: 2019-yilning eng muhim voqealari - Yanvar 04, 2020
2019-yil dunyo, AQSh va O'zbekiston hayotida nimalari bilan esda qoldi? "Vashington choyxonasi"ning yangi yildagi ilk sonida 2019-yil yuz bergan eng muhim 10 ta voqeani muhokama qildik. Siz uchun yilning eng muhim voqealari qaysilar? Shu haqda o'z fikringizni bildiring.
2020-01-04
39 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: "O'tkan kunlar"ning amerikalik tarjimoni bilan suhbat - Dekabr 21, 2019
Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani ilk bor o’zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi va chop etildi. "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi mehmoni shu ishni amalga oshirgan inson, Markaziy Osiyo bo’yicha tadqiqotchi va tarjimon Mark Eduard Riz. U bilan o'zbek tilida muloqot qildik.
2019-12-21
31 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShda o'qish va grant topish yo'llari - Noyabr 09, 2019
AQSh oliy o'quv yurtlarida o'qish uchun qanday grantlar bor? Ularni qayerdan topish mumkin? Universitetlar ham grant dasturlarini taqdim etadimi? Viza uchun suhbatga kirganda nimalarga e'tibor berish kerak? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu savollar atrofida fikr yuritdik.
2019-11-09
29 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Til, millat, tarix va bugungi islohotlar haqida - Dekabr 08, 2018
O'zbek tili, millati va tarixi jonkuyari, siyosiy tahlilchi Anvar Nazir "Vashington choyxonasi" mehmoni bo'ldi. U bilan tarixdan tortib bugungi kungacha bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik.
2018-12-08
34 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShda o'qish bo'yicha maslahat va ma'lumotlar - Noyabr 17, 2018
"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida AQShda oliy ta'lim, xalqaro talabalarga oid so'nggi ma'lumotlar va talaba bo'lish yo'l-yo'riqlari haqida suhbatlashdik.
2018-11-17
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Tramp OAV va siyosiy elita bilan urushda - Avgust 18, 2018
Erkinlik va mas'uliyat yonma-yon turadi chunki siz erkin yashashingiz uchun o'zgalarning ham shunday yashay olishi uchun hissa qo'shishingiz kerak, jamiyat bilan murosa qilishingiz zarur. "Vashington choyxonasi" dasturining bu soni bu va boshqa muhim mavzular haqida.
2018-08-18
34 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Rejissor Nabijon Razzoqov bilan suhbat - Iyul 14, 2018
"Vashinton choyxonasi"ning navbatdagi sonida o'zbekistonlik rejissor, bir qator badiiy, musiqiy va hujjatli filmlar muallifi Nabijon Razzoqov bilan suhbatlashdik.
2018-07-14
19 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Anons: Vashington choyxonasi - Iyul 13, 2018
Nabijon Razzoqov sal kam 20 yil Amerikada yashab kelayotgan o'zbekistonlik kinorejissyor. Qator musiqiy, badiiy va hujjatli filmlar muallifi. "Vashington choyxonasi"da tomosha qiling.
2018-07-12
01 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Amerikadagi o'zbekistonliklar kelajagi - Iyul 08, 2018
"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida AQShdagi o'zbekistonlik muhojirlar jamiyatining buguni va ertasi haqida suhbat qurdik.
2018-07-07
28 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: AQShdagi o'zbeklar diasporasi - Aprel 07, 2018
AQShda asli o'zbekistonlik qonunchilar yoki yirik biznesmenlar qachon paydo bo'ladi? Diaspora sifatida o'zbekistonliklar jamiyatlari shu mavzular haqida bosh qotiryaptimi? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu mavzular atrofida o'z shaxsiy kuzatishlarimizni o'rtoqlashdik.
2018-04-07
31 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: O'zbekistonda ayollar haq-huquqlari - Mart 17, 2018
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida O'zbekiston va dunyodagi ayollar haq-huquqlari, so'nggi paytlarda bu borada yuz bergan global va mahalliy o'zgarishlar haqida suhbatlashdik.
2018-03-17
30 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Markaziy Osiyoda jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar - Fevral 24, 2018
Qirg'izistonlik jurnalist To'lqin Umaraliev "Ozodlik"ning internet/ijtimoiy tarmoqlarga mo'ljallangan dasturlari (Настоящее Время) ustida ishlaydi. Markaziy Osiyodagi bugungi axborot bozori va erkinlik bo'yicha keng ko'lamli bilim va tajribaga ega. To'lqin - "Vashington choyxonasi" mehmon bo'ldi.
2018-02-24
31 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: Bahriddin Chustiy bilan suhbat - Fevral 17, 2018
O'zbekistonlik mashhur oshpaz, ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Bahriddin Chustiy "Vashington choyxonasi" mehmoni bo'ldi. Muloqotimizda maqtovli gaplar ham, tanqidiy fikrlar ham yangradi. Marhamat, tomosha qiling.
2018-02-17
25 min
Vashington choyxonasi - Voice of America
Vashington choyxonasi: O'zbekiston matbuotidagi o'zgarishlar - Yanvar 13, 2018
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida O'zbekistonda matbuot erkinligi, oxirgi bir yil davomida shu yo'nalishda kuzatilgan o'zgarishlar, mavjud umid va xavotirlar haqida gaplashdik.
2018-01-13
15 min